Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar roʻyxati aniq belgilandi

14:32 05 Fevral 2026 Jamiyat
306 0

Qonun (OʻRQ–1116-son, 04.02.2026-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning qatʼiy roʻyxati belgilandi.

Maʼlum qilinishicha, quyidagilar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali maʼmuriy huquqbuzarliklar sifatida rasmiylashtiriladi:

  • xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik;
  • transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
  • belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan koʻp boʻlmagan kattalikda oshirib yuborish;
  • toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi va boshqalar.

Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun jazo qoʻllash muddatlari ham aniq belgilangan.

Yoʻl qoidalari buzilganligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilganda maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1 oydan kechiktirmay qoʻllaniladi.

Maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda esa huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran 1-yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер