“Formula-1” yana uchta davlatdagi poygalarni bekor qildi

22:39 12 Iyun 2020 Dunyo
874 0

Foto: sportrbc.ru

“Formula-1” Ozarbayjon, Singapur va Yaponiyadagi poygalar bekor qilinganini eʼlon qildi. Seriya rahbariyati va bosqich promouterlari koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilda uchta bosqich oʻtkazilmaydi degan qarorga keldi.

Boku va Singapurdagi poygalar shahar trassalarini “Formula-1” bosqichiga tayyorlashda qiyinchiliklar mavjudligi uchun bekor qilindi. Yaponiyadagi poyga esa turistik cheklovlar sababli oʻtkazilmaydigan boʻldi.

Ushbu mavsumda bekor qilingan poygalar soni yettitaga yetdi. Avvalroq “Formula-1” tashkilotchilari Avstraliya, Monako, Fransiya va Niderlandiyadagi bosqichlarni oʻtkazmaslikka qaror qilgandi.

“Formula-1” mavsumi 5-iyuldan boshlanishi rejalashtirilgan. Chempionatning birinchi va ikkinchi poygalari Avstriyada oʻtkaziladi. Shuningdek, Vengriya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya va Italiyada poygalar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?