Forishda “ArMI — 2021” oʻyinlarining musobaqalari boʻlib oʻtadi

15:55 22 Avgust 2021 Jamiyat
570 0

Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")

Markaziy harbiy okrugning “Forish” togʻ dala oʻquv maydonida “ArMI-2021” VII Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida “Harbiy tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” musobaqalari boshlanishi oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjuman avvalida “Harbiy tibbiy estafeta” musobaqasi bosh hakami tibbiyot xizmati polkovnigi Nosirjon Fozilov va “Dala oshxonasi” tanlovi boʻyicha bosh hakam podpolkovnik Sanʼat Hoshimov tomonidan yigʻilganlarga musobaqa toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng ishtirokchi jamoalar yetakchilari bilan birgalikda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?