Forish tumaniga yangi hokim tayinlandi

14:46 19 Yanvar 2021 Jamiyat
3302 0

Bugun 19-yanvar kuni Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Quranboyev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi masala boʻyicha viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, Forish tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdivali Mustanov boshqa lavozimga oʻtganligi munosabati bilan, Forish tuman hokimi lavozimiga Matiyev Ikrom Sindorovich nomzodini tavsiya etdi.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?