“Forbes” 40 yoshgacha boʻlgan eng boy amerikaliklarni eʼlon qildi

13:03 12 Oktyabr 2021 Dunyo
595 0

“Forbes” jurnali eng boy amerikaliklar reytingini taqdim etdi. Roʻyxatdagi 400 ishtirokchining 15 nafari 40 yoshgacha boʻlgan tadbirkorlarni tashkil etadi.

Reytingning eng yosh aʼzolari orasida Facebook rahbari Mark Sukerberg 134,5 milliard dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinni Sukerbergga “Asana” kompaniyasini tashkil etishdan oldin Facebookʻni ishga tushirishga yordam bergan Dastin Moskovis (24,1 milliard dollar) egallagan.

“Forbes” roʻyxatining eng yosh aʼzosi sifatida 29 yoshli Sem Benkman-Frid (22,5 milliard dollar) keltirilgan. U ikki yil oldin FTX kriptovalyuta birjasini asos solgan edi. Benkman-Frid boyligining yarmi FTT tokenlari bilan bogʻliq boʻlib, ular foydalanuvchilarga bitim tuzish va chegirmalar olishda yordam beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?