Foydalanishga berilgan yerni sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi

21:26 25 Iyul 2022 Jamiyat
428 0

2022-yil 18-iyul kuni, Fargʻona viloyat IIB boshligʻi nomiga fuqaro M.U ariza bilan murojaat qilib, unda Chimyon qishlogʻi hududida joylashgan bogʻdorchilik yoʻnalishidagi 49 yil muddatga shartnoma asosida foydalanishga berilgan 5 gektarli bogʻdorchilik yoʻnalishidagi bogʻdorchilik fermer xoʻjaligi yer maydonidan 60 sotixini “S” ismli shaxs egalik huquqisiz, hech qanday hujjatlarsiz 7.000 (yetti ming) AQSH dollariga sotishini maʼlum qilganligini bildirib, “S” ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur ariza yuzasidan, joriy yilning 18-iyul kuni Fargʻona viloyati Prokuraturasi hamda Fargʻona viloyati IIB JQB, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, “S” ning ukasi R.D Chimyon mahalla hududida arizachi M.U.dan kimyoviy ishlov berilgan 7 000 AQSH dollari miqdoridagi pullardan oʻzaro kelishib 6300 AQSH dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?