Fohishalik bilan shugʻullanuvchi guruhning aʼzosi qoʻlga olindi

18:59 19 Noyabr 2020 Jamiyat
1282 0

U qizlarni instagram, telegram,tik tok va bir qator ommalashgan saytlar orqali reklama qilib, buning evaziga 500 AQSH dollargacha haq olgan. 

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati tomonidan avvalroq “Toshkentda olti yildan buyon fohishalik bilan shugʻullanuvchi uyushgan guruh aʼzolari qoʻlga olingan”i hamda tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu jinoiy guruhning yana bir faol aʼzosi kecha, 18-noyabr kuni qoʻlga olingan.

Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida, oʻzini «Roma» deb tanishtiruvchi ushbu shaxs — 1988-yilda tugʻilgan Yashnobod tumanida yashovchi T.M. ekanligi, fohishaxona saqlash, qoʻshmachilik qilish va odam savdosi kabi jinoiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi guruhning faol aʼzosi ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, surishtiruv davomida u moddiy (har bir eʼlon uchun 50 dan 500 AQSH dollarigacha) daromad evaziga, jinsiy xizmat koʻrsatuvchi fohishalarning massaj va intim xizmati eʼlonlarini, bir qator yoshlar orasida ommalashgan saytlar (“uzpopka.com”, “chpok.uz” hamda «Massajistki Tashkenta»), shuningdek, telegram, instagram, tik-tok va ijtimoiy tarmoqlarga muntazam ravishda joylab kelganligi aniqlangan va uning yashash xonadoni tintuvdan oʻtkazilgan.

Tintuv davomida:

29 014 AQSH dollari;

4.880.000 soʻm pul;

10 dona plastik kartochka;

2 dona chegirma plastik kartochkasi;

4 dona xorijiy davlatlarning ishlatilmagan va 2 dona ishlatilgan SIM-karta;

2 dona elektron xotira (flesh karta);

3 dona “Redmi” rusumli telefon apparati;

1 dona “HP” noutbuk va boshqa noqonuniy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat IIBB xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?