Firibgar ayollarning kirdikorlari oshkor boʻldi

15:39 17 Mart 2023 Jamiyat
238 0

Buxoro shahar Fatxobod koʻchasi 43-uyda yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan N.M. va T.M. lar bir guruh boʻlib, 2021-yilning noyabr oyida ikki nafar fuqaroni Seyshel orollari davlatidan roʻyxatdan oʻtgan “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining biznes dasturiga aʼzo qilib, fuqarolarni aldab, ularning kompaniya elektron biznes dasturida ochilgan shaxsiy profillarini aktivlashtirish uchun biridan 4800 AQSH dollari, ikkinchisidan 2000 AQSH dollari, jami 6800 AQSH dollari pullarini olib, “New Millennium Sentre” LTD kompaniyasining elektron biznes dasturida ochilgan hisob-raqamlariga toʻliq oʻtkazmasdan oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер