Finlyandiya Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini topshirdi

Illyustrativ foto
Finlyandiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 109 million yevro miqdoridagi 16-harbiy yordam paketi yuborilganini eʼlon qildi.
Xelsinki Kiyevga navbatdagi harbiy yordam paketini topshirdi. Bu haqda Finlyandiya mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
“Bu Finlyandiyadan Ukrainaga 16-bor harbiy texnika yetkazib berilishi. U zenit qurollari va oʻq-dorilarni oʻz ichiga oladi. Finlyandiya uchun ushbu partiyaga kiritilgan aslahalarning taxminiy qiymati 109 million yevroni tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Finlyandiya Ukrainaga jami 1,1 milliard yevrolik yordam bergan.
Avvalroq, Ukrainaga Niderlandiya tomonidan berilgan harbiy yordamning umumiy hajmi maʼlum boʻlgan edi. Xususan, Kiyevga 1,6 milliard yevroga yaqin mablagʻ ajratilgan boʻlsa, yetkazib berilgan aslahalarning qiymati 732 million yevroni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring