Finlyandiya Rossiya bilan chegarani devor bilan oʻrab olmoqchi

18:22 27 Sentyabr 2022 Dunyo
572 0

Arxiv surat

Finlyandiya Rossiya bilan chegarani panjara bilan oʻrab olishni istayapti. Chegarada toʻsiq qurish taklifi mamlakat Chegara xizmati tomonidan berilgan.

Ushbu toʻsiq chegaraning 10-20 foiziga oʻrnatilishi. Rossiya va Finlyandiya chegaralarining umumiy uzunligi 1300 kilometrni tashkil etadi. Toʻsiq hududning 130-260 kilometriga joylashtiriladi, deyiladi xabarda.

Chegara qoʻriqchilarining fikricha, toʻsiq Finlyandiyaga noqonuniy kirishning oldini olishga yordam beradi. U 50 yilga xizmat qilishi kerak.

Avvalroq, Finlyandiya rasmiylari rossiyaliklarning mamlakatga kirishini cheklash haqidagi qarorga izoh bergan edi. Unga koʻra, yaqin kunlarda rossiyalik sayyohlarning chegaradan oʻtishi cheklanadi. Rossiya fuqarolariga faqat doʻstlari va qarindoshlarini ziyorat qilish maqsadida mamlakatga kirishiga ruxsat beriladi. Shengen vizalari, shu jumladan, boshqa mamlakatlarda olingan vizalar boʻyicha tranzit taqiqlanadi.

23-sentyabr kuni Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste va Vazirlar kengashining Tashqi va xavfsizlik siyosati qoʻmitasi Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini, shuningdek, ularga viza berishni cheklash boʻyicha qaror qabul qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?