FIFA “Navbahor”ga rossiyalik murabbiyga 1,6 million dollar toʻlashi uchun 30 kun muhlat berdi

23:08 28 Avgust 2021 Sport
1623 0

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rossiyalik murabbiy Andreya Kanchelskisning Namanganing “Navbahor” futbol klubiga qarshi ishini uning foydasiga hal qildi. 

FIFA futbolchilar statusi qoʻmitasi hakami Yoxan van Galen chiqargan hukmga koʻra, va qabul qilingan daʼvolarning foizlar bilan umumiy summasi 1,6 million dollardan oshgan. Ushbu mablagʻni toʻlash uchun “Navbahor”ga 30 kun muhlat berilgan.

Kanchelskis “Navbahor”da 2018-yil oktyabridan 2019-yilning iyunigacha ishlagan. Oʻsha yilning avgustidan u bosh murabbiy vazifasini bajargan. 2020-yil oktyabr oyida u oʻz lavozimini tark etadi. Bunga maosh qarzi va klubning toʻlov majburiyatlarini bajarmasligi sabab boʻlgan. Kanchelskis murabbiyligida “Navbahor” oxirgi 13 yil ichida birinchi marta Oʻzbekiston chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?