FIDE Jahon kubogi — 2021: qizlarimiz kurashni toʻxtatdi, yigitlarimizni esa ikkinchi bosqichda jiddiy raqiblar kutib turibdi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Rossiyaning Sochi shahrida shaxmat boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida FIDE Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.
Afsuski, qizlarimiz umumiy mukofot jamgʻarmasi 676 250 dollarni tashkil etuvchi hamda dunyoning 103 nafar kuchli shaxmatchilari dona surayotgan musobaqaning ilk bosqichidayoq magʻlubiyatga uchrab, Jahon kubogidagi ishtirokini yakunlashdi.
Jumladan, Nilufar Yoqubboyeva birinchi davraning ilk bahsida raqibasi perulik Deysi Kori Telio bilan durang oʻynagan boʻlsa, ikkinchi partiyada imkoniyatni boy berdi. Umida Omonova esa oʻzidan reytingi ancha yuqori boʻlgan Moʻgʻuliston terma jamoasi aʼzosi Batxi Mongontuul qarshisida ojiz qoldi.
Dunyoning eng kuchli shaxmatchisi Magnus Karlsen ham ishtirok etayotgan erkaklar oʻrtasidagi musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 892 500 dollarni tashkil qiladi. Gʻolib yakunda 110 000 dollarga ega boʻladi.
Quvonarlisi, erkaklar oʻrtasidagi bahslarda oʻz ishtirokini davom ettirayotgan yosh va isteʼdodli shaxmatchilarimiz Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorovlarning barchasi ilk bosqichda gʻalaba qozonib, 1/64 finalga yoʻl olishdi.
Dunyodagi ikkinchi yosh grossmeycter maqomini olgan Nodirbek Abdusattorov indoneziyalik raqibi Muhammad Ervan Sochiga yetib kelmagani bois, toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga yoʻl olganidan xabaringiz bor.
Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni Javohir Sindarov AQSH vakili Tang Endryuni 1,5:0,5, Jahongir Vohidov esa gruziyalik Levan Pantsulayani 1,5:0,5, Nodirbek Yoqubboyev kanadalik Razvan Preotuni 1,5:0,5 hamda Shamsiddin Vohidov yana bir gruziyalik shaxmat ustasi Luka Paychadzeni 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Biroq, yigitlarimizga ikkinchi bosqichda havas qilib boʻlmaydi va bu bosqichda ularga omad aslo xalaqit bermaydi. Chunki, vakillarimiz qarshisida dunyo tan olgan shaxmat ustalari, jumladan rossiyalik Sergey Karyakin, Ispaniya terma jamoasi aʼzosi Peres Dominges, chex shaxmatchisi David Navara, asli eronlik, lekin musobaqada Fransiya nomidan qatnashayotgan Alirizo Firuzjalar bor.
Birgina Nodirek Abdusattorov ikkinchi bosqich oldidan biroz yengil tin olishi mumkin. Har holda hindistonlik Aravindh Chitambaram Abdusattorov uchun oshib boʻlmas dovon emas. Biroq, barcha masala shaxmat taxtasi ustida hal boʻladi.
Biz ikkinchi bosqich oʻyinlarida barcha shaxmatchilarimizga omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring