FHDYO boʻlimlari koʻpaydi

15:04 30 Oktyabr 2022 Jamiyat
432 0

“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (623-son, 28.10.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

— Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari FHDYO boʻlimlari etib qayta tashkil etildi. Ushbu nikoh uylari oldin faqat nikohni qayd qilish bilan shugʻullangan boʻlsa, endilikda FHDYO boʻlimi sifatida boshqa turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish (tugʻilish, oʻlim, ajrim va b.) bilan ham shugʻullanadi;

— Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga mavjud shtatlar doirasida FHDYO boʻlimlarini tashkil etish va tugatish boʻyicha qoʻshimcha vakolat berildi;

— FHDYO organlarida turli yillarda bir xil seriya va raqamli tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan holatlarda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish uchun gerb yigʻimi undirilmasligi belgilandi;

Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligiga vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatildi.

Respublika boʻylab FHDYO boʻlimlari soni ortishi navbatlar kamayishi, masofalar qisqarishi, fuqarolarning vaqti va boshqa resurslari tejalishi hamda xizmat sifatining ortishiga olib kelishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер