Feruza Sodiqova ketma-ket ikki karra JCh sovrindori

13:16 04 Iyun 2023 Sport
730 0

Foto: MOQ

Mahoratli taekvondochimiz Feruza Sodiqova ketma-ket ikkinchi bor jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilmoqda. Hamyurtimiz Boku shahrida oʻtayotgan dunyo birinchiligida ham bronza medalini qoʻlga kiritdi.

-62 kg vazn toifasida qatnashayotgan Sodiqova yarim final jangida braziliyalik Kerolayn Santos bilan jang qilib, imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija unga bronza medali qatori jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?