Fermerdan pul undirmoqchi boʻlgan bosh mutaxassis ushlandi

16:35 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
265 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi bosh mutaxassisi J.M. “S.S.” MCHJ va “Sh.Sh.” fermer xoʻjaligining kelgusi yilda ekiladigan gʻalla yer maydonlari gektarini kengaytirib berish evaziga xoʻjalik rahbari X.dan 2 900 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?