Fermer xoʻjaligiga qarashli yer maydoni savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

12:32 06 Yanvar 2024 Jamiyat
399 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari va Chust tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.S. va B.M. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bogʻdorchilik xoʻjaligi tashkil qilish uchun Chust tumanidagi “Sh.S.” fermer xoʻjaligining 2 gektar yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 11 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер