Fermer xoʻjaligi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

12:03 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
357 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.R. “U.” fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydonining 6 sotixini fuqaro S.ga 35 000 AQSH dollariga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari orqali toʻgʻrilab berishni vaʼda qilib oldindan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?