Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyatidagi baland togʻli koʻllar holati nazorat qilinmoqda
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Oygaing va Pskom daryo havzalarida joylashgan Shavirkul va Ixnach (katta, pastki va yuqori) koʻllari yorilish xavfi mavjud koʻllar hisoblanadi.
Mazkur hududlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda yuqori togʻ tizimlaridagi koʻllarning holatini monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirish maqsadida doimiy kuzatuv ishlarini amalga oshiradi.
Maʼlumot uchun, Ixnach katta koʻli, dengiz sathidan 2508 m balandlikda joylashgan boʻlib, 4,8 mln m3 suv hajmini sigʻdira oladi. Koʻl yuzasi 0,33 km2, oʻrtacha chuqurligi 14,5 m, uzunligi 1,5 km, oʻrtacha kengligi 216 metrni tashkil etadi. Ixnach pastki koʻli esa dengiz sathidan 2460 m balandlikda joylashgan boʻlib, 900 ming m3 suv hajmini sigʻdiradi. Koʻl yuzasi 0,09 km2, oʻrtacha chuqurligi 10 m, uzunligi 0,5 km, oʻrtacha kengligi 170 metrni tashkil etadi. Shavurkul koʻli dengiz sathidan 2750 m balandlikda joylashgan boʻlib, 3,8 mln m3 suv hajmini sigʻdira oladi. Koʻl yuzasi 0,40 km2, oʻrtacha chuqurligi 9,7 m, uzunligi 1,4 km, oʻrtacha kengligi 270 metrni tashkil etadi.
“Bunday monitoring har yili bir necha bosqichda oʻtkaziladi — birlamchi kuzatish (koʻlda may-iyun oylarida suv toʻplana boshlagan davrda), asosiy kuzatish (iyul-avgust oylarida koʻlda maksimal suv toʻplanishi davrida) va oxirgi kuzatuv (sentyabr-oktyabr oylarida koʻl boʻshatilgandan soʻng)“, – dedi gidrometeorologik kuzatuvlar boshqarmasi boshligʻi Qahramon Zohidov.
Taʼkidlash kerakki, hududdagi Maydontol va Oygaing daryolariga Germaniya texnologiyasi asosida avtomatik suv oʻlchash uskunalari oʻrnatilgan. Bu orqali daryolarning suv sathi doimiy tarzda kuzatib boriladi. Chunki mazkur hududda daryolar qoʻshilib, Pskom daryosini hosil qiladi. Pskom daryosi esa Chorvoq suv omboriga quyiladigan asosiy daryolardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham Maydontol va Pskom daryolaridagi suv hajmini doimiy monitoring qilib borish muhim sanaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring