Fasohat gulshanida nafis majlislar

19:02 24 Mart 2023 Jamiyat
561 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahri markazida ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan soʻlim goʻsha endilikda «Alisher Navoiy xiyoboni» deb yuritiladi.

Shu tariqa ushbu maydonda bundan buyon faqat 9-fevral – hazrat Alisher Navoiy tavallud topgan kundagina emas, yilning toʻrt faslida ham adabiyot bayramlarini oʻtkazish imkoniyati yaratildi. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan xiyobonning bejirim yoʻlaklari boʻylab moʻjazgina kutubxona burchaklari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining elektron nusxalarini koʻchirib olib oʻqish, internet tarmogʻidan bepul foydalanish kabi qulayliklar muhayyo etildi. Noyob manzarali daraxt koʻchatlari ekildi, oʻrindiqlar yangilandi.

Shuningdek, bu yerdagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida har haftada bir kun muntazam ravishda Navoiyxonlik tadbirlarini oʻtkazib borish belgilandi.

— Alisher Navoiy xiyoboni mushoiralar, adabiyot kechalari uyushtirish, umuman olganda, fasohat gulshanida nafis majlislar oʻtkazish uchun ayni muddao boʻladi, — deydi shoir, Margʻilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻqituvchisi Davlatjon Karimov. — Xususan, ijod maktabi oʻquvchilari uchun ham bu yerda tez-tez ochiq darslar, adabiyot, sheʼriyatdan mahorat saboqlari oʻtkazib borishni rejalashtiryapmiz.

 

Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?