Farzandlari bilan qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

Yurtdoshimiz Ye.K. ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Primorsk oʻlkasining Vladivostok shahrida mushkul moliyaviy vaziyatga tushib qoladi va mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulligidan yordam soʻraydi.
Oʻrganish jarayonida Ye.K. 2013-yilda Rossiyaning Primorsk oʻlkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelib, soʻnggi vaqtlarda Vladivostok shahridagi uy hayvonlariga xizmat koʻrsatish salonida yordamchi lavozimida ishlagan. Oylik maoshi kamligi, yashashi hamda uy ijarasi uchun yetarli boʻlmaganligi sababli ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan.
Ye.K. va uning voyaga yetmagan farzandlariga “Mehr” loyihasi jamgʻarmasi hisobidan Vladivostok – Toshkent yoʻnalishidagi aviareysga chipta xarid qilinib, Oʻzbekistonga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring