Fargʻonalik mirishkor vertikal usulda tarvuz yetishtirdi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani “Koʻl elash” mahalla fuqarolar yigʻinida kattayu kichik Yusufjon Ergashevga mirishkor tomorqachi deya taʼrif beradi. U oila aʼzolari bilan tomorqachilikda doimo yangiliklar yaratishga, innovatsion gʻoyalardan foydalanishga harakat qiladi. Navbatdagi tajriba esa mahalladoshlarni yanada hayratlantirdi – Yusufjon aka tomorqasida tarvuzni intensiv – vertikal usulda ekib yetishtirdi.
— Bu usul yordamida 20 sotix maydonni egallaydigan koʻchatlar atigi ikki sotix yerda parvarishlandi,— deydi mirishkor. — Dastlabki yilning oʻzida oʻrtacha 10 tonna hosil – 30-35 million soʻm daromad olishni koʻzlayapmiz.
Buning uchun bor-yoʻgʻi 1,5 million soʻm xarajat qilindi. Aytgancha, oila aʼzolari tajribali agronomlar bilan hamkorlikda koʻchatni mahalliy biogumus yordamida oziqlantirdi. Hosil pishguncha qadar ikki marta mineral oʻgʻitdan foydalanildi.
Mirishkor oila aʼzolari kelgusi yili yanada ertaroq va koʻproq maydonda vertikal usulda tarvuz yetishtirish hamda ushbu tajribani ommalashtirishni rejalashtirmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring