Fargʻonalik faollar aniqlanmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” va “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” respublika tanlovining Fargʻona viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha samarali hamkorlik tizimi joriy etilgan boʻlib, bugun ushbu tizim oʻz ijobiy samarasini bermoqda. Mazkur tanlovlar ham aholi muammolarini “xonadonbay” va «fuqarobay» oʻrganish va ularni hal etishga koʻmaklashish, “Ayollar daftari” tizimi samaradorligini taʼminlash hamda ayollarning muammolarini hal etishda oʻzining fidokorona mehnati bilan barchaga namuna koʻrsatgan masʼullarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Tanlovning viloyat bosqichida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari Q.Qirgʻizaliyev boshchiligida tegishli boshqarmalar rahbarlaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati aʼzolari ishtirokchilarning hujjatlarini koʻzdan kechirib, ular bilan bevosita kelgusi rejalari xususida suhbatlashdilar.
Tanlovning viloyat bosqichida faxrli 1-oʻrinni olgan gʻoliblar respublika bosqichida ishtirok etib, Fargʻona viloyati shaʼnini munosib himoya qiladilar. Shuningdek, viloyat bosqichida 2- va 3-oʻrin gʻoliblari ham munosib taqdirlanadi.
Shohsulton Toʻxtamatov, jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring