Fargʻonadagi Prezident maktabida kimlarning farzandlari oʻqiyapti?

15:57 17 Yanvar 2022 Jamiyat
632 0

Foto: Халқ сўзи

Soʻlim Fargʻonaning bagʻrida joylashgan zamonaviy taʼlim dargohimizga oʻtgan yili ilk qabul uchun Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Cambridge Assessment tashkiloti hamda Davlat test markazi hamkorligida oʻtkazilgan test sinovlarida 12 ming nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar ishtirok etdi.

2021-yilning 18-sentyabr kuni Cambridge Assessment tashkiloti sayti orqali ishtirokchi-oʻquvchilarning yakuniy natijalari eʼlon qilindi. Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan ishtirokchilarning ijtimoiy pasporti shakillantirildi. Bu jarayonda bevosita ishtirok etgan xolis kuzatuvchi sifatida test sinovlari adolatli oʻtganini alohida taʼkidlash oʻrinlidir.

Shu tariqa Fargʻona shahrida qad rostlagan Prezident maktabiga 144 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Oʻquvchilarning 8 nafari yolgʻiz onalari tarbiyasida, 3 nafarining otasi xorijiy davlatlarda, 7 nafar oʻquvchining otalari nafaqada, 31 nafar oʻquvchi yakka tadbirkor va novvoylarning, 25 nafari hunarmand ustalar – kosiblar, beshiksoz, mebel ustalari, kalitsozlar, 13 nafari haydovchilar farzandlari, 13 nafar oʻquvchi otalari esa zavod va fabrikalar ishchilari ekanligi aniqlandi.

Aytish kerakki, yurtimizda bunday jahon standartlari darajasidagi maktablarning tashkil etilishi ota-onalarni farzandlari taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratishga undadi. Yuksak salohiyatli, izlanuvchan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish imkoniyatini yaratdi. Oʻz navbatida oʻzbek tilida oʻqitiladigan sinflarning obroʻsini sezilarli tarzda koʻtardi. Ota-onalar endilikda farzandlarini ruscha emas, balki oʻzbek sinflarida oʻqishlarini quvvatlay boshladilar.

Prezident maktablari tashkil etilishi nafaqat yaqin besh-oʻn yillar, balki uzoq kelajakni koʻzlab amalga oshirilayotgan islohotlar sirasiga kiradi. Demak, bu maktabda tahsil olayotgan kelajagimiz vorislaridan ulkan natija va yutuqlar kutishga haqlimiz.

Maftuna ODILXOʻJAYEVA,

Fargʻona shahridagi Prezident maktabining maʼnaviy-

maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер