Fargʻonadagi parkda bir guruh yoshlar janjallashdi

15:50 18 Iyun 2024 Jamiyat
381 0

Foto: Videodan kadr

Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagiMega parkda janjallashgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 16-iyun kuni voyaga yetmaganlar О.М., М.А. hamda А.Ш.лар mazkur park hududida oʻzaro gap talashishi ortidan janjal kelib chiqqan. Shundan soʻng janjalga voyaga yetmagan А.Ш.нинг qarindoshi Ш.Ш. ham aralashgan.

Mazkur holat shu joyning oʻzida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52- (yengil tan jarohati yetkazish), 183-moddalari (mayda bezorilik) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan va tegishli sudlovga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?