Foto: Prokratura departamenti
Fargʻona shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola alkogol mahsulotlari tayyorlanganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Fargʻona shahri hududida faoliyat yurituvchi “K.L.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaro A.K. alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.
Ushbu shoxobchadan 17 ta nomdagi 189 dona qoʻlbola alkogol mahsuloti, 146,5 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring