Fargʻonadagi oshxonada qoʻlbola alkogol tayyorlab sotganlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Fargʻona shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola alkogol mahsulotlari tayyorlanganligini aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bu holat aniqlandi.
Qayd etilishicha, Fargʻona shahri hududida faoliyat yurituvchi “K.L.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida fuqaro A.K. alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelgan.
Ushbu shoxobchadan 17 ta nomdagi 189 dona qoʻlbola alkogol mahsuloti, 146,5 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring