Fargʻonadagi kasb-hunarga oʻqitish markazi mashgʻulotlari Koreya oʻquv dasturlari asosida olib boriladi

Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA bilan sheriklikda tashkil etilgan kasb-hunarga oʻqitish markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang, bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov, Koreya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi ofisi direktori Pak Sunjin, viloyatda faoliyat olib borayotgan Koreya kompaniyalari rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 9 million 320 ming dollar miqdorida investitsiya kiritilib, zamonaviy oʻquv binosi, yotoqxona, oshxona va sport zalidan iborat majmua barpo etildi. Markazga barcha zamonaviy uskuna va jihozlar Janubiy Koreyadan olib kelindi. Oʻquv mashgʻulotlari ham Koreya dasturi va qoʻllanmalari asosida olib boriladi.
Markazda 5 ta – elektronika, axborot texnologiyalari, avtomobilsozlik, tikuvchilik va kosmetologiya taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻquv markazida bir yilda 6-8 oylik kurslarda qariyb 500 nafar ishsiz fuqaro kasbga oʻqitiladi.
Yangi markaz Fargʻona vodiysi viloyatlari aholisiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring