Fargʻonadagi YTHda ikki oiladan olti kishi vafot etdi, toʻrt kishi esa jonlantirish boʻlimida

Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida yuz bergan YTHda ikki oiladan boʻlgan olti kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
11-may kuni viloyat hokimligi tomonidan oʻtkazilgan YTHlarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yigʻilishda maʼlum qilinishicha, 10-may kuni Yozyovon tumani hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yoʻlda sodir etilgan YTHda 6 nafar fuqaro — ikki oila vakillari vafot etgan. Yana toʻrt kishi tuman shifoxonasining jonlantirish boʻlimida davolanmoqda.
Yigʻilishda vodiy viloyatlarini bogʻlovchi A-373 yoʻnalishidagi yoʻl belgilari, beton toʻsiqlar, yoʻl yoritgichlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari toʻliq oʻrganib chiqilishi taʼkidlab oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
- “Oltin toʻp”ga daʼvogarlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilindi, unda Messi yoʻq
- Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga
- 2022/2023 oʻquv yilidan yurtimizda ilk bor transplantologiya va kardioxirurgiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi
- Kirish test sinovlarining birinchi kun natijalari eʼlon qilindi — DTM
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring