Fargʻonada joriy yilgi futbol mavsumining ilk oʻyinlari boʻlib oʻtadi

15:24 23 Yanvar 2023 Jamiyat
259 0

Foto: Xalq so‘zi

Shu yilning 25-yanvar — 4-fevral kunlari Fargʻonada joriy yilgi futbol mavsumining ilk musobaqasi — “Fargʻona viloyati hokimi kubogi” oʻyinlari oʻtkaziladi.

Bu yil turnirda 4 ta mezbon jamoa, Andijon va Namangan viloyatidan 2 tadan, Toshkent shahridan 2 ta, Jizzaxdan bitta futbol klubi ishtirok etadi. Shuningdek, qoʻshni Tojikiston Respublikasining “Xoʻjand” jamoasi musobaqada qatnashish istagini bildirgan boʻlsa, Qirgʻizistondan yana bir futbol klubining ishtirok etishiga aniqlik kiritilmoqda.

— Musobaqani tashkil etish uchun barcha tashkiliy masalalar hal etilgan, — deydi Fargʻona viloyati futbol assotsiatsiyasi mutaxassisi Hakimjon Fayziyev. — Oʻyinlar kuniga ikki marotaba — Fargʻona va Quvasoy shahridagi stadionlarda boʻlib oʻtadi. Bahslarni vodiylik hakamlar boshqarishi rejalashtirilgan.

Ishonamizki, ushbu turnir har yilgidek futbol mavsumi oldidan jamoalarga oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?