Fargʻonada Vatan himoyachilari kuni tantanalari

15:47 14 Yanvar 2022 Jamiyat
241 0

Foto: Халқ сўзи

Qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona shahridagi Xotira xiyobonida Vatan himoyachilarini sharaflashga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Muazzam maydonda Fargʻona viloyat hokimligi vakillari, harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar jamul-jam boʻldilar. Harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga anvoyi gullar qoʻyildi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng Sharqiy harbiy okrug xizmatchilari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va boshqa harbiy tuzilmalar ofitser va serjantlari maydon boʻylab saf tortib oʻtishdi.

Fargʻona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida boʻlib oʻtgan tadbirda viloyat hokimi X. Bozorov tadbir qatnashchilarini bayram bilan qutlab, yurt tinchligi yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh harbiylarga “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni, Faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Tadbirda viloyat sanʼatkorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?