Fargʻonada vagon kuzatuvchisi firibgarlik ustida ushlandi

10:05 25 Noyabr 2020 Jamiyat
228 0

«Toshkent-Andijon» yoʻnalishidagi poyezdning vagon kuzatuvchisi firibgarlik ustida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan transport prokuraturasi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, «Toshkent-Andijon» yoʻnalishi vagon kuzatuvchisi F.X. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali oʻzi ishlab kelayotgan jamiyatga ishga kiritib qoʻyish evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksini 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?