Fargʻonada “Telegram” messenjeri orqali tanishgan ayol 6 millionga chuv tushdi

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahrida yashovchi 40 yoshli (ayol) Q.D. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjeri orqali tanishib qolgan “nomaʼlum shaxs”, uning bank kartasiga kiberhujum boʻlayotganligini, uning himoyasini taʼminlashi va buni oldini olish mumkinligini bildirib, bank kartasidan jami 6.231.000 soʻm miqdoridagi pullarini yechib olganligini maʼlum qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Toshkent shahri, Sergeli tumanida yashovchi 25 yoshli K.R. jabrlanuvchi Q.D. telefon raqamiga soxta xabarlar joʻnatib uni aldab “Telegram” messenjeri orqali bank kartasi kodi va sms-xabarnomani qoʻlga kiritib pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.
K.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, K.R. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Osiyo o‘yinlarining birinchi kunini O‘zbekiston 4ta medal bilan boshladi. Fotoreportaj
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring