Fargʻonada «Tashabbusli byudjet» loyihasining birinchi bosqichida 201 ta MFYdagi muammolar bartaraf etilyapti

13:38 08 Sentyabr 2022 Jamiyat
298 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentning 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida joriy yilning fevral-mart oylarida mamlakatimiz miqyosida «Tashabbusli byudjet» jarayoni oʻtkazildi.

Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan jarayon yakunlariga koʻra, eng koʻp ovoz toʻplab, 137,3 mlrd.soʻmlik – 247 ta takliflar gʻolib boʻldi. Ayni paytda ushbu loyihalar doirasida viloyatdagi 201 ta MFYda istiqomat qiluvchi 850 ming nafardan ziyod hamyurtlarimizning muammolari bartaraf etilmoqda.

Fargʻona viloyati moliya bosh boshqarmasi maʼlumotiga qaraganda, shu kunga qadar 59 ta umumtaʼlim maktabi, 10 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 4 ta tibbiyot muassasalari taʼmirlandi. Ayni jarayonda 9 ta umumtaʼlim maktablari hamda 8 ta tibbiyot muassasalariga zamonaviy jihozlar yetkazib berildi.

Shuningdek, 81 ta mahallada 155,2 km ichki yoʻllar taʼmirlandi, 39 ta mahallada yangi TP, beton tayanch ustunlar oʻrnatilishi va qoʻshimcha tarmoqlar tortilishi hisobiga 33 mingdan ortiq xonadonlarda yashovchi qariyb 200 ming aholining elektr taʼminoti yaxshilandi. Hozirda 6 ta MFYni tabiiy gaz tarmogʻiga ulash uchun 24,8 km tarmoq tortish ishlari davom etmoqda.

Oʻz navbatida 168 ming nafardan ortiq hamyurtlarimiz toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi, 26 ta koʻp qavatli uylar, 50 dan koʻproq MFYlarda ijtimoiy muammolarni hal etish ishlari jadal olib borilmoqda.

Taʼkidlash oʻrinliki, shu yilning 15-iyulidan «Tashabbusli byudjet» jarayonining ikkinchi bosqichiga start berilib, 115 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar ajratildi. Shu maqsadda 2 ming 695 ta takliflar ovoz berish bosqichiga oʻtkazilgan.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер