Fargʻonada taqiqlangan oʻsimliklarni parvarishlagan ayol aniqlandi

13:41 02 Iyun 2023 Jamiyat
460 0

Qoʻqon shahrida 2023-yil 16-may kuni IIB JQB va HPB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori 2023» tadbiri davomida, Mingterak koʻchasida yashovchi N.M ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonidagi gullar ichida sugʻorilgan va begona oʻtlardan tozalangan holatdagi 368 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?