Fargʻonada “Taʼlim va kasb-2022” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Foto: Xalq so‘zi
Shu yilning 26-sentyabr kuni Fargʻona shahridagi Yoshlar markazida “Taʼlim va kasb-2022” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Unda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Toshkentdagi Puchon universiteti, Olmaotadagi Qozogʻiston menejment, iqtisodiyot va prognozlash instituti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti, Istanbul Aydin universiteti, I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Nazarboyev universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Toshkentdagi Vebster universiteti, Belorusiya davlat universiteti dunyoning 40 dan ziyod oliy oʻquv yurtlari ishtirok etadi.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra, koʻrgazmaga tashrif buyurgan yoshlar taʼlim muassasalari vakillari bilan bevosita muloqot qilish hamda taʼlim jarayoni, taʼlim tizimi va boshqa muhim masalalar boʻyicha batafsil maʼlumot olishlari mumkin.
Taʼkidlash joizki, Fargʻona shahri YUNESKO tomonidan taʼlim jadal rivojlanayotgan dunyo shaharlari roʻyxatiga kiritilgan. Ayni paytda Fargʻonada 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, Janubiy Koreya, Latviya singari xorijiy OTMlar filiallari ham tashkil etilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring