Fargʻonada tadbirkorga kredit ajratib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

12:26 23 Avgust 2022 Jamiyat
374 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.I. “D.V.” MCHJ rahbari R.ning ishonchiga kirib, ushbu MCHJga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida bank muassasasidan 3,1 mlrd soʻm kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?