Fargʻonada sudyalarning saylov qonunchiligi boʻyicha malakasi oshirildi

15:15 19 May 2021 Jamiyat
459 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari Robaxon Mahmudova, Ichki ishlar akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti professor oʻqituvchilari hamkorligida Yangi Oʻzbekistonda saylovlarni umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlar asosida oʻtkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

Unda Fargʻona viloyat sudi, Fargʻona viloyat maʼmuriy sudi, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudyalari qatnashdi.

Seminarda joriy yilda boʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni umumeʼtirof etilgan xalqaro tamoyillar asosida oʻtkazish maqsadida saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy bilimini mustahkamlashga eʼtibor qaratildi.

Yigʻilishda sudyalar tomonidan tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish boʻyicha viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov tomonidan tasdiqlangan reja oʻqib eshittirilib, ijro uchun qabul qilindi.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер