Fargʻonada Senat ishchi guruhi oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bormoqda

16:48 18 Avgust 2022 Jamiyat
333 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimligida Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi ishchi guruhining tashkiliy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi, ishchi guruhi rahbari Bahodir Tajiyev, xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi kotibiyati, viloyat hokimligi masʼullari, viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda tuman boʻlimlari boshliqlari, biolaboratoriya mudirlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda 17-19-avgust kunlari oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini yanada takomillashtirish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda agrokimyoviy xizmatlar sifatini yaxshilash boʻyicha Fargʻona viloyatida olib borilayotgan oʻrganishlar haqida maʼlumot berildi.

Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar butun mamlakatimiz, xususan, Fargʻona viloyatida ham oʻz samarasini berayotgani aytib oʻtildi. Bu sohada katta tajribaga ega mutaxassislar koʻpchilikni tashkil etishi taʼkidlandi. Ammo bugungi davr sohaga ilm-fan va innovatsion gʻoyalarga asoslangan yangicha yondashuvni taqozo etmoqda.

Yuzma-yuz muloqotda ishchi guruhi aʼzolari hamda viloyat masʼullari tomonidan oʻzaro hamkorlikda olib borilishi zarur boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?