Fargʻonada “Salomatlik kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi

10:59 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
255 0

Foto: Xalq so‘zi

Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Fargʻona viloyat kengashi tomonidan Quvasoy shahridagi “Ahmad Al-Fargʻoniy” dam olish uyida mini futbol boʻyicha “Salomatlik kubogi” sport musobaqasi oʻtkazildi.

Musobaqa oʻyinlari uch kun davom etib, unda viloyat, tuman-shahar tibbiyot muassasalari jamoalari maydonda gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Shu tariqa faxrli birinchi oʻrin Quva tumani, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Fargʻona shahri hamda Rishton tumani tibbiyot birlashmasi jamoalari egalladi.

Gʻolib va sovrindorlarga Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Fargʻona viloyati Kengashining diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?