Fargʻonada salkam 90 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib tashlandi

10:56 08 Avgust 2022 Jamiyat
472 0

Foto: Illustrativ foto

Joriy yilning 4-iyul kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida salkam 90 ta daraxt noqonuniy ravishda kesildi. Bu haqda Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilganidek, Oʻzbekiston viloyatidagi «Qirkketmon» mahallasida mutaxassislar tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Maʼlum boʻlishicha, tuman elektr tarmoqlari xodimlari “odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi” daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesib tashlagan.

Mahalla hududidagi 48 tup koʻp yillik sosna, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlar kesilgan. Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 43,4 million soʻmni tashkil etdi. Biroq daraxtlarning yoshi va kamyobligini hisobga olgan holda 856,5 million soʻmlik jarima belgilandi.

Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?