Fargʻonada quyosh panellari va energiya tejamkor lampalar ishlab chiqariladi

19:09 19 Aprel 2022 Jamiyat
272 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Hindistonning “Indo Capital Lights” kompaniyasi rahbari Abubakir Siddiq Karuvantxodiy boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiya bilan uchrashdi.

Yuzma-yuz muloqotda “Indo Capital Lights” kompaniyasi tomonidan Fargʻonada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan quyosh panellari hamda energiya tejamkor lampalar ishlab chiqarish loyihasi istiqbollari oʻrganildi.

Shuningdek, uchrashuvda hindistonlik tadbirkorlar tomonidan karton qadoq qutilar ishlab chiqarish hamda Fargʻona shahrida yirik savdo majmuasi barpo etish biznes-rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ushbu loyihalar boʻyicha hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер