Fargʻonada Qirgʻizistondan oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Fargʻona tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, 3 500 AQSH dollari evaziga uni qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini tanishlari yordamida Fargʻona Davlat universitetiga koʻchirib berishini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Gʻuzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Sh. boshqa bir fuqaro E.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Shahrisabz Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring