Fargʻonada qalbaki 120 ming dollarni saqlayotgan shaxs ushlandi
Foto: DXX
Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida qalbaki 315,5 mln soʻm va 120 ming dollarni muomalaga chiqarish uchun saqlab kelayotgan 22 yoshli shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi Qoʻqon shahar boʻlimi xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 22 yoshli mahalliy fuqaro qalbaki pullarni muomalaga kiritish bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, mazkur shaxs 50 mln soʻm miqdoridagi qalbaki pullarni “shartli xaridor”ga haqiqiy 8 mln soʻm evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ham xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. Natijada, 50, 100 va 200 ming soʻmlik jami 315,5 mln soʻm miqdoridagi qalbaki kupyuralar hamda 100 dollarlik jami 120 ming dollar miqdoridagi qalbaki kupyuralar topilgan va tegishli tartibda olib qoʻyilgan.
Hozirda qalbaki “pulfurush”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu qalbaki pul mablagʻlarini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring