Fargʻonada ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

21:38 11 May 2022 Jamiyat
396 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar uyida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Alisher Usmanov ishtirokida fuqarolar qabuli oʻtkazildi. Unda shahar va tumanlardan kelgan 150 nafardan ziyod murojaatchining bandlik, tadbirkorlik, kredit olish, uy-joy, moddiy yordam, subsidiyalar ajratish, kommunal, tibbiy xizmatlar, koʻchalarni obodonlashtirish singari muhim hayotiy masalalar boʻyicha ariza, shikoyat hamda takliflari koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning salmoqli qismiga shu yerning oʻzida yechim topilgan boʻlsa, baʼzilari qoʻshimcha oʻrganish uchun masʼul idoralarga yoʻnaltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi. Shu bilan birga ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, Tadbirkorlar uyi ochiq maydonida Fargʻona viloyatida boʻlib turgan 20 dan ortiq vazirlik va respublika idoralari rahbarlari hamda oʻrinbosarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar ham oʻtkazilib, hududlardan kelgan fuqarolarning murojaatlari tegishli vazirlik, idoralar masʼullari ishtirokida hal etilishi taʼminlandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?