Fargʻonada nomaʼlum hayvon suyaklari topildi

13:00 14 Avgust 2021 Jamiyat
592 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Quva tumanidagi xonadonda yer ostini kavlash ishlari davomida nomaʼlum mavjudotlarning suyagi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. OʻzAning xabar berishicha, Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi xodimlari hamda Fargʻona davlat universiteti olimlari tomonidan “Tolmozor” mahalla fuqarolar yigʻini Soyboʻyi koʻchasi 28-xonadon hovlisida topilgan hayvon suyak qoldiqlarini oʻrganish ishlari olib borildi.

Ushbu suyak qoldiqlari xonadon egasi Olimjon Qodirov tomonidan 2021-yil 11-avgust kuni hovli tomorqasini qazish jarayonida topilgan.

Suyak qoldiqlari dastlabki xulosalarga koʻra, oʻtxoʻr hayvon turiga mansub (karkidon yoki yovvoyi choʻchqa) ekanligi taxmin qilingan. Ushbu hayvonning taxminiy ogʻirligi 300-500 kg. atrofida, uzunligi 2-2,5 metr atrofida. Suyak qoldiqlari qazish jarayonida ayrim qismlariga zarar yetgan boʻlib, suyaklar toʻliq qazib olinmagan.

Mutaxassislar suyak qoldiqlarini toʻliq oʻzlari koʻrib, tahlil qilmasdan oldin bu topilmani qaysi hayvon suyak qoldiqlari ekanligi borasida oxirgi xulosani aytishi qiyin. Suyak boʻyicha toʻliq xulosani aytish uchun oldin bu suyaklar qaysi qatlamdan chiqqanligi, oʻzi vafot etganmi yoki oʻldirib koʻmishganmi buni laboratoriya tahlili natijalari aniqlaydi. Lekin videodagi dastlabki vizual koʻrinishidan, tishlarining kichikligi, ularning saqlanib qolganligidan, umurtqalarini, boʻgʻinlarini orasida togʻay (xryash) yoʻqolib ketmaganligi bu yosh tuyaning suyak qoldiqlariga oʻxshashligi aytildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?