Fargʻonada neftni qayta ishlash zavodi oldida oʻzini yoqib yuborgan zavod xodimi vafot etdi

11:50 10 Avgust 2022 Jamiyat
334 0

Foto: Arxiv surat

Fargʻonada benzin sepib, oʻzini yoqib yuborgan neftni qayta ishlash zavodi ishchisi vafot etdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, S.X. 10-avgust kuni soat 07:05 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filialida vafot etgan.

Eslatib oʻtamiz, 2-avgust kuni ayol oʻzi ishlagan korxona hududiga ruxsatnoma yoʻqligi sababli kiritilmagan edi.

Oradan bir soat oʻtgach, ayol qaytib kelib, benzin sepib, oʻzini yoqib yubormoqchi boʻlgan. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi qoʻriqchilari oʻz-oʻzini yoqmoqchi boʻlgan ayolni toʻxtatishga harakat qilgan, biroq S.X. kiyimlari yonib ketishi oqibatida tanasining koʻp qismi kuyib ketgan. Yongʻin oʻchirilgandan soʻng ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona filiali kombustiologiya boʻlimiga yetkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?