Fargʻonada “Neftchi”ning magʻlubiyatidan soʻng futbolchilar, muxlislar va hakamlar oʻrtasida katta janjal kelib chiqdi

Fargʻonadagi muhtasham “Istiqlol” stadionida viloyatning “Neftchi” — “Turon” futbol jamoalari oʻrtasida Superliga yoʻllanmasi uchun oʻtkazilgan bahsdan soʻng yakuniy hisobdan norozi boʻlgan “Neftchi” futbolchilari va muxlislari hakamlarga tashlanishdi.
Chempionatning oxirgi turlarida raqiblarga imkoniyatni boy berayotgan “Neftchi” muxlislarining soʻnggi oʻyindan umidlari katta edi. Hal qiluvchi bahsda ham “Turon”ga yutqazib qoʻygach, futbolchilar va muxlislar alamini uchrashuv hakamlaridan olishga harakat qilishdi.
Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
B.Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring