Fargʻonada “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoni: ipakchilar shahridan kulollar yurtiga...
Oʻzbekiston Ekologiya partiyasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻtkazilayotgan “Moʻynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga Andijon viloyatidan start berilgan edi.
Velomarafon ishtirokchilari viloyatning qoʻshni Andijon bilan chegaradosh Quva tumanida tantanali ravishda kutib olindi. Bugun ipakchilar shahri Margʻilonda joylashgan Hunarmandlar markazida tantanali tadbir tashkil etilib, velomarafon qatnashchilari kulollar yurti – Rishton tumaniga kuzatib qoʻyildi.
Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan Orolboʻyi mintaqasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli hayotbaxsh islohotlar xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar.
Taʼkidlash oʻrinliki, ekologik velomarafonda professional sportchilar bilan birga havaskorlar ham ishtirok etmoqda. Rejaga koʻra velomarafon ishtirokchilari va mehmonlar uchun Fargʻona viloyatining diqqatga sazovor joylari boʻylab sayohatlar uyushtirilib, madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi. Rishton tumanidagi kulollar shaharchasida gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
— Orolboʻyi hududida ekologik muvozanatni tiklash, aholi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ezgu tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda, — deydi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Fargʻona viloyati Kengashi raisi oʻrinbosari Nodirbek Nabiyev. — Mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad bu boradagi ishlar koʻlamini yana-da rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring