Fargʻonada Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona shahrida Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar kalitlarini topshirishga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Milliy gvardiya Fargʻona viloyat boshqarmasi boshligʻi Shavkat Akbarov ishtirok etib, yangi uy egalarini samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda ikkita 9 qavatli turar joy binolaridagi jami 20 ta xonadon kaliti Milliy gvardiya xizmatchilariga tantanali ravishda topshirildi.
— Milliy gvardiya tashkil etilgan ilk kundan boshlab ushbu sohada elu yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi uchun sidqidildan mehnat qilib kelmoqdaman, — deydi podpolkovnik Kamoliddin Akbarov. — 2 farzandim bor. Oilamizga mana shunday koʻrkam uylardan berilishi biz uchun qoʻshaloq bayram boʻldi. Vatan ichra kichik vatanli boʻlish baxti bizni yanada faol va fidoyi boʻlishga undaydi.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
- Insoniyat yangi rekordni qayd etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring