Fargʻonada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan piyoda vafot etdi

2-aprel kuni Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimi S. Sh. Fargʻona tumanida “UAZ Pikap” xizmat avtomobilida belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yubordi.
Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qilishicha, harbiy xizmatchi piyodani shifoxonaga olib borgan, biroq jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan viloyat Harbiy prokuraturasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring